Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqanddagi holat uchun o‘qituvchiga «hayfsan» berildi

Samarqanddagi holat uchun o‘qituvchiga «hayfsan» berildi

Bir necha kun muqaddam ijtimoiy  tarmoqlarda Samarqanddagi maktablarning  birida sodir bo‘lgani aytilgan o‘qituvchining o‘quvchini kaltaklagani aks etgan videoxabar tarqaldi.

Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi ishchi guruhi holat yuzasidan o‘rganishlar olib borganini ma’lum qilib, o‘z munosabatini bildirdi.

Qayd etilishicha, mazkur holat joriy yilning 16 dekabr kuni Samarqand shahridagi 21-umumta’lim maktabida geografiya darsida sodir bo‘lgan.

Holat yuzasidan 21-umumta’lim maktabining  navbatdan tashqari pedagoglar kengashi o‘tkazilgan.Kengash bayonnomasiga ko‘ra, o‘qituvchi S.H. geografiya darsida koptok tepib o‘ynab o‘tirgan o‘quvchi D.E.ni darsga halaqit bermasligi yuzasidan bir necha bor ogohlantirgan va sinf xonasidan chiqarib yuborgan. Shundan so‘ng o‘quvchi sinfga derazadan kirib o‘qituvchini sensirab haqorat qilgan. Ushbu holatdan keyin o‘qituvchi o‘zini to‘xtata olmay bolani kaltaklagani aytilgan.

Mazkur holat yuzasidan 21-umumta’lim maktabi geografiya fani o‘qituvchisi S.H ga Xalq ta’lim vazirining 2022-yil 28-iyunda qabul qilingan «Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining ichki tartib va odob-axloq qoidalari»ni qo‘pol ravishda buzganligi uchun «Hayfsan» intizomiy chorasi qo‘llanilgan.

Ishchi guruh o‘qituvchi  va o‘quvchining onasi bilan ham alohida-alohida suhbatlashgan. Suhbat davomida o‘qituvchi bunday holat boshqa qaytarilmasligini o‘z ishidan pushaymonligini bildirgan. O‘quvchining onasi esa bolasining sho‘xligini ta’kidlab, hech kimga da’vosi yo‘qligini ma’lum qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring