Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqanddagi «Buyuk ipak yo‘li» xalqaro turizm markazida daraxt ekish marosimi (foto)

Samarqanddagi «Buyuk ipak yo‘li» xalqaro turizm markazida daraxt ekish marosimi (foto)

Foto: Prezident matbuot xizmati

Samarqand shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotining sammiti davom etmoqda. Avval xabar qilinganidek, ShHTda ishtirok etayotgan barcha mamlakatlarning yetakchilari O‘zbekistonga keldi.

Ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar yakunlangach, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux, Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif, Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Eron prezidenti Ibrohim Raisiy, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev «Buyuk ipak yo‘li» xalqaro turizm markazida daraxtlar ekishdi.

Sharq xalqlari qadriyatiga ko‘ra, daraxt ekish — xayrli ish. Mamlakatlarimiz yetakchilari birgalikda ekkan daraxtlar ham ShHT mamlakatlarining do‘stligi, yaxshi qo‘shnichiligi, taraqqiyot va ravnaq sari mushtarak intilishlari ramzidir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring