Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqanddagi Bog‘ishamol ko‘chasi «bag‘ri»ga qachon shamol tegadi?

Samarqanddagi Bog‘ishamol ko‘chasi «bag‘ri»ga qachon shamol tegadi?

Saytimizga Samarqand viloyatidan shikoyat keldi. Unda Samarqand tumani,  Quyi Turkman mahallasidagi Bog‘ishamol ko‘chasi holati haqida gap boradi. 

«Ushbu joy boshqa 6 ta ko‘chani asosiy ko‘cha bilan bog‘laydi. Sovet vaqtida qilingan asfalt deyarli qolmagan.

Qishda yomg‘irdan, yozda esa chang-to‘zondan yurib bo‘lmaydi.

Bu mavzu bir necha marotaba ko‘tarildi. Ijobiy javob bo‘lmadi. Hattoki sayyor qabulda ham hal etilmadi, mablag‘ yo‘q emish, ammo yonimizdagi qishloqning ichki ko‘chalar asfalt qilindi.

Nega Bog‘ishamol ko‘chasi mutasaddilar e’tiboridan chetda qolmoqda?» deyiladi murojaatda.

Yo‘llar hanuz infratuzilmamizning og‘riqli nuqtalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Tegishli mutasaddilarni Samarqanddagi ushbu muammoga e’tibor qaratishga chaqiramiz. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring