Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqanddagi 400 tomoshabinli xo‘roz-qimorxona fosh qilindi

Samarqanddagi 400 tomoshabinli xo‘roz-qimorxona fosh qilindi

Illyustrativ foto

Urgut tumanida o‘rtaga pul tikib xo‘roz urishtirilayotgan va qimor o‘yini o‘tkazilayotgan «arena» fosh qilindi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Samarqand viloyat IIB axborot xizmati ma’lum qildi.

Tuman IIO xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Urgut shahrining Navoiy shohko‘chasida joylashgan uylarning biridagi «arena»da pul tikib xo‘roz urishtirilayotgani va qimor o‘yini o‘tkazilayotgani aniqlandi. O‘yinlar tashkilotchisi — shaharning Guliston ko‘chasida yashovchi 38 yoshli fuqaro.

Surishtiruvlar davomida 30 nafar fuqaro «chempionat»ga o‘z xo‘rozlari bilan kelgani aniqlanib, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan.

«Arena» ham chakanamas: tomoshaga 400 nafardan ortiq tomoshabin (!) kelgan, ular orasida 35 nafari — voyaga yetmaganlar...

Tashkilotchining yonidan tomosha ishqibozlaridan yig‘ib olingan jami 5 726 000 so‘m miqdoridagi pul ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring