Samarqandda uy egasi o‘zi qazigan chuqurga tushib ketdi
![Samarqandda uy egasi o‘zi qazigan chuqurga tushib ketdi](https://static.xabaruz.com/crop/1/5/720_460_95_1551172865.jpg)
Kuni kecha, tunda, Samarqand shahri B.Mirzo ko‘chasidagi uylarning birida istiqomat qiluvchi fuqaro Favqulodda vaziyatlar vazirligining viloyat boshqarmasi navbatchilik qismiga uni chuqurlikdan chiqarib olishlarini so‘rab murojaat qilgan.
Leytenant N.Karimov boshchiligidagi qutqaruv guruhi zudlik bilan belgilangan manzilga yetib borib, besh daqiqa ichida uy egasini chuqurdan olib chiqdilar.
![](https://xabar.uz/static/uploads/34/720__c5FwRx8JLUmxkphG-DtBDvswqKC6gv-6.jpg)
Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro R.S tunda hovlida yurgan vaqtida bir kun oldin o‘zi qazib qo‘ygan chuqurlikka tushib ketgan. Uy egasi jiddiy jarohatlar olmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter