Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda tunda hokimlikdagi majlisga chaqirilgan ayol YTHda vafot etdi

Samarqandda tunda hokimlikdagi majlisga chaqirilgan ayol YTHda vafot etdi

Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida Nexia mashinasi tunda majlisga chaqirilgan mahalla faoli (ayol)ni urib yubordi. Ayol olgan tan-jarohatlari oqibatida vafot etgan.

Marhuma qarindoshlarining so‘zlariga ko‘ra, o‘sha kuni bemavrid vaqtda uni hokimlik binosiga ish yuzasidan yig‘ilish uchun chaqirishgan.

«Soat 17:00 atrofida 18:00da tadbir bo‘ladi deb, uydan chiqib ketgan edi. Men bu vaqtda ish tugagan bo‘ladiku, degandim. Mahallaning ishi har kuni bo‘ladi, hattoki yakshanba kuni ham ishga chaqirishardi», – deydi turmush o‘rtog‘i.

Ayol o‘sha kuni hatto yaqin qarindoshing to‘yiga ham bormasdan hisobot tayyorlagan va shoshib yo‘lga otlangan. Ammo tungi 23:00lar atrofida ayolni mashina urib yuborgan.

Hozirda holat yuzasidan Pastdarg‘om tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring