Samarqandda qoidani buzib to‘y o‘tkazgan oshxona ma’muriyatiga chora ko‘rildi
O‘zbekistonga koronavirus infeksiyasini kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni fuqarolarning uy-joyi va hovlisining o‘zida 30 kishidan ko‘p bo‘lmagan (faqat yaqin qarindoshlar va ushbu tuman hududida istiqomat qiluvchi boshqa qarindoshlar) hamda sanitariya va gigiyena talablariga qat’iy rioya etgan holda o‘tkazishga ruxsat berilgan.
2020-yil 29-avgust kuni Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB 6-son IIBga Samarqand shahridagi Maroqand ko‘chasida joylashgan «Maroqand» oshxonasida 40 nafardan ortiq fuqarolar bilan tuy-marosimi o‘tkazilayotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Samarqand viloyati IIB axborot xizmati ma’lum qilishicha, hudud profilaktika inspektori tomonidan tergov oldi surishtiruv harakatlari olib borilganda, haqiqatdan ham ushbu oshxona ma’muriyati Respublika maxsus komissiyasining bayoni talablarini buzganligi aniqlangan.
Oshxona ma’muriyatiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 54-moddasi 2-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, qonuniy qaror qabul qilish uchun Samarqand viloyati Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markaziga yuborilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter