Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda talaba qiz rashk qurboniga aylandi

Samarqandda talaba qiz rashk qurboniga aylandi

25-fevral kuni  fuqaro D.O‘. Samarqand davlat chet tillar institutida tahsil oluvchi turmush o‘rtog‘i U.O‘.ni rashk tufayli yonida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan U.O‘.ning chap ko‘krak qismiga bir marotaba qasddan urgan.  Oqibatda u hodisa joyida vafot etgan.

Bu haqda Samarqand viloyati prokuraturasi bayonot bergan.

RSTEIAM Samarqand filiali tomonidan taqdim etilgan dastlabki ma’lumotnomaga ko‘ra, marhuma U.O‘.ning o‘limi plevra bo‘shlig‘iga teshib o‘tuvchi sanchilgan-kesilgan yarasidan o‘tkir qon yo‘qotishi va yurak jarohatidan kelib chiqqanligi ko‘rsatilgan.

Prokuratura xodimlari va tergov-tezkor guruh tomonidan voqea joyi ko‘zdan kechirilib, qonga o‘xshash dog‘lari bilan ifloslangan pichoq va janjal vaqtida ularni egnida bo‘lgan kiyimlar hamda boshqa ashyoviy dalillar olingan.

Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan 2020-yil 26-fevralda D.O‘.ga nisbatan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi ko‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borishga kirishilgan.

Gumonlanuvchi D.O‘. JPKning 227-moddasi tartibida ushlanib, himoya huquqi bilan ta’minlangan holda yaqin qarindoshlariga xabar berilgan.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring