Samarqandda qippa-yalang‘och «sayr»ga chiqqan erkaklarga sud hukmi o‘qildi
Ijtimoiy tarmoqlarda ikki nafar yap-yalang‘och erkakning Samarqand shahri ko‘chasida yurib borayotgani, so‘ng omma tomonidan ushlab olinib, so‘roq qilingani aks etgan video tarqalgandi.
Voqea 29-fevral kuni tungi soat 23:50 atrofida Samarqand shahri, Sartepo maskanida sodir bo‘lgan.
Ushbu tartibbuzarlarning shaxsi aniqlanib, holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgani haqida xabar berilgandi.
Samarqand viloyati IIB axborot xizmati ma’lum qilishicha, Samarqand shahar Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudining 2020-yil 2-mart kunidagi qaroriga asosan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik)da ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etganliklari uchun, fuqaro J.N.ga 15 sutkaga muddatga, fuqaro O‘.T.ga 15 sutkaga muddatga, fuqaro X.D.ga 10 sutkaga muddatga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter