Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda o‘z onasini o‘ldirgan shaxsga nisbatan sud jarayoni boshlandi

Samarqandda o‘z onasini o‘ldirgan shaxsga nisbatan sud jarayoni boshlandi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudida o‘z onasini qasddan o‘ldirganlikda ayblanayotgan shaxsga nisbatan sud jarayoni boshlandi. Jinoyat ishi viloyat sudi sudyasi  B.Aliqulov raisligida ko‘rib chiqilayotir.

Manbamizga ko‘ra, 45 yoshli sudlanuvchi A. B. muqaddam qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish ayblovi bilan sudlanadi. Jazoni o‘tash jarayonida belgilangan qoidalarini buzgani uchun unga nisbatan qo‘llangan jazo chorasi o‘zgartirilishidan norozi bo‘lgan A. B. bunda onasini ayblaydi. Jazo shakli o‘zgartirilishiga onasini sababchi deb bilgani va volidasining ahloq me’yorlariga to‘g‘ri kelmaydigan darjada yurish-turishi chandon norozilik uyg‘otishi oqibatida u «hammasidan bir yo‘la qutulib qo‘ya qolish» rejasini tuzadi. Natijada u 2020-yil 20-iyun kuni  kechasi,  mast holatda, onasining uxlab yotganidan foydalanib, oshxona pichog‘i bilan qasddan o‘ldiradi.

 Sud jarayoni davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring