Samarqandda ona-bola ko‘plab fuqarolarni «uxlatib» ketdi

Samarqand shahrida fuqaro S.Bozorova, o‘g‘li A.Uzoqov va boshqa sheriklari bilan tadbirkorlik niqobi ostida «Temurbek o‘g‘lonlari QKTM maktabi» nodavlat ta’lim muassasasini tashkil qilib, ko‘plab fuqarolardan pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
Ushbu ta’lim muassasasi Samarqand shahri «Hunarmandlar» MFY Bedil ko‘chasi 17-uyda joylashgan bo‘lgan.
Hozirda holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Samarqand viloyati IIB mazkur shaxslardan jabrlanganlar bo‘lsa, Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limiga murojaat qilishlarini so‘ramoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter