Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda orolchada qolib ketgan 24 nafar fuqaro qutqarildi

Samarqandda orolchada qolib ketgan 24 nafar fuqaro qutqarildi

Foto: FVV matbuot xizmati

Kecha, 4-iyul kuni soat 10:05da Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchilik xizmatiga telefon orqali Toyloq tumani Zarafshon mahallasi Mirzapolvon qishlog‘ida yashovchi fuqaro H.A. murojaat qilib yordam so‘ragan. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: FVV matbuot xizmati

Ma’lum bo‘lishicha, 3-iyul kuni Zarafshon daryosining Mirzapolvon qishlog‘i yaqinidan oqib o‘tuvchi qismida joylashgan, o‘zlashtirilgan yer maydonida dehqonchilik qilish uchun orolchaga 24 nafar mahalliy fuqarolar daryoni kechib o‘tishgan. Ammo, suv sathi ko‘tarilganligi tufayli oroldan yashash punktiga qaytish imkoni bo‘lmagan.

Mazkur holat bo‘yicha, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i rahbarligida jami 4 nafar harbiy xizmatchi va 6 nafar qutqaruvchilar zudlik bilan belgilangan hududga yetib borishdi. Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida, orolchada qolib ketgan 24 nafar fuqaro tan jarohatisiz maxsus kichik hajmli kemada qirg‘oqqa olib o‘tildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring