Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda bir ayolni tahqirlagan aka-ukaga nisbatan sud hukmi o‘qildi (video)

Samarqandda bir ayolni tahqirlagan aka-ukaga nisbatan sud hukmi o‘qildi (video)

Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanidagi «Qum ota buva» fermer xo‘jaligida xo‘jalik rahbarining ukalari bir ayolni «mosh o‘g‘risi» sifatida ushlab, uning qo‘llarini orqasiga qayirib, yerga yuztuban yoqizgan holda qiynayotgani aks etgan video tarqalgan edi.

Ushbu voqea yuzasidan fuqaro F.U.ning murojaati asosida 25.12.2018-yilda jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligi ma’lum qilingandi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Oqdaryo tumani sudi ishni ko‘rib chiqib, O‘roqov I. va O‘roqov B.ni aybli deb topdi. O‘roqov I.ga Jinoyat kodeksining 59 va 61-moddalariga ko‘ra 3 yilu 6 oy ozolikdan mahrum qilish, O‘roqov B.ga esa Jinoyat kodeksining 59-moddasiga asosan uzil-kesil o‘tashi uchun muddati 4 yilga ozodlikdan cheklash jazosi tayinlandi. Bu haqda «Davr» informatsion dasturida ma’lum qilindi.

Sudda ayolga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik ishlatilganligi, ayol o‘zi parvarish qilgan moshni olganligi va shunga o‘xshash bir qator da’volar o‘z isbotini topmagan. Shu bois ham sudlanuvchilarning biriga berilgan qamoq ehtiyot chorasi shu yerning o‘zida bekor qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring