Samarqandda noma’lum shaxs tramvay yo‘lovchilariga mavhum suyuqlik bilan hujum qildi. Jabrlanganlar bor (video)
Samarqandda tramvay yo‘lovchilariga noma’lum shaxs tomonidan hujum bo‘ldi. U yo‘lovchilarning yuziga tarkibi mavhum bo‘lgan suyuqlikni sepgan.
Yuzini tibbiyot niqobi bilan to‘sib olgan noma’lum shaxs bekatga to‘xtayotgan tramvayga yugurib kirgan va tarkibi mavhum suyuqlikni yo‘lovchilarning yuziga sepib yuborgan. Shundan so‘ng u voqea joyidan qochib ketadi.
Guvohlarning ma’lum qilishicha, yuziga suyuqlik tekkan yo‘lovchilar shu zahoti hushidan ketgan. Qolganlar esa tahlikaga tushib, tramvaydan qochib chiqa boshlaganlar.
Repost tomonidan e’lon qilingan videoda tramvayga noma’lum shaxs kirgani va bir necha soniya o‘tgach qayta yugurib chiqqani tasvirlangan. Uning ortidan yo‘lovchilar ham salondan qochib chiqa boshlaydi. Ayni vaqtda voqea tafsilotlari aniqlanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter