Samarqandda Nexia uch odami bilan cho‘kib ketdi

2022-yil 8-may kuni soat 02:40 larda Toyloq tumanida joylashgan Badal qishlog‘idan o‘tgan mahalliy yo‘lda odamlar o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Viloyat IIB axborot xizmatining xabar berishicha, Samarqand tumanida yashovchi haydovchi Nexia bilan ketayotib boshqaruvni yo‘qotgan va mashina kanalga ag‘darilib ketgan. Mashina ichida besh kishi bo‘lgan. Haydovchi bir old o‘rindiqdagi yo‘lovchining yordami bilan mashinadan chiqqan va hodisa joyidan qochib ketgan. Uni qutqargan yo‘lovchi ham falokatdan omon qolgan. Biroq avtomobilning orqa salonida bo‘lgan ikki nafar voyaga yetmagan o‘smir (7 va 8-sinfda o‘qiydigan o‘quvchilar) hamda 29 yoshli yigit vafot etgan.
Hodisa yuzasidan Toyloq tumani IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter