Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda muzeylar soni yana bittaga ko‘payadi

Samarqandda muzeylar soni yana bittaga ko‘payadi

2018-yilda Samarqand davlat birlashgan tarixiy-me’moriy va badiiy muzey-qo‘riqxonasi quriladi.

Foto: «Samarkand.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-dekabrdagi qaroriga ko‘ra, 2018-yilda Samarqand davlat birlashgan tarixiy-me’moriy va badiiy muzey-qo‘riqxonasi uchun shaharning Eski shaharga yaqin qismida yangi bino quriladi.

Mazkur loyiha uchun 7 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan. Bu haqda Samarqand viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Bundan tashqari, 8 ta muzey qayta ta’mirlanadi. Taniqli oqin Ergash shoir Jumanbulbul o‘g‘lining uy-muzeyi qurilishiga ham qariyb 2,5 milliard so‘m mablag‘ beriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring