Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda mudhish qotillik: 4 qaynuka jinoyatga qo‘l urishdi

Samarqandda mudhish qotillik: 4 qaynuka jinoyatga qo‘l urishdi

Foto: «Molva33.ru»

Samarqand viloyati Paxtachi tumanida 4 yigit kelinoyisiga gap otgan erkakni belkurak dastasi bilan kaltaklab, ayollar ro‘moli bilan bo‘g‘ib o‘ldirdi va jasadni kanalga oqizib yubordi.

Xabarga ko‘ra, Paxtachi tumanida yashovchi F.M.ga notanish erkak telefon qilib, uni yoqtirib qolganini aytgan. Shunda ayolning jahli chiqib, eri borligi va unga hiyonat qilmasligini aytgan. Bu vaqtda uning qaynukasi kelib qolib, nima bo‘layotgani haqida so‘ragan. Ayol unga barchasini aytib berganda, qaynuka g‘azablangan.

Shu kuni kechasi ayolning ukasi va 3 nafar qaynukasi yig‘ilib, notanish erkakni jazolashni reja qiladi. Ular F.M.ga telefon qilib, uchrashuv belgilashni aytgan va ular uchrashuvga borib, uni do‘pposlamoqchi bo‘lgan. Erkak uchrashuv joyiga yetib borganda 4 yigit uni belkurak dastasi bilan kaltaklay boshlagan. Shunda u yerga yiqilgan va yigitlardan biri uni ayollar ro‘moli yordamida bo‘g‘ib o‘ldirgan.

Qayd etilishicha, erkakning o‘lganini ko‘rgan yigitlar bundan talvasaga tushgan va murdani yo‘q qilish rejasini tuzgan. Ular murdani Narpay kanaliga oqizib yuborishga kelishadi va kanalga olib borib oqizib yuboradi. Sodir etilgan mudhish jinoiy qilmish tez orada fosh etildi. Uni o‘ldirgan yigitlar tergov va sud jarayonida aybiga to‘liq iqror bo‘lgan. Sud ularni Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «j», «p» bandlari va 267-moddasi 2-qismi «b» bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni qasddan sodir etganlikda aybdor deb topdi.

Ta’kidlanishicha, sudlanuvchilarga nisbatan jazo tayinlashda ularning jinoiy qilmishni sodir etishdagi ishtirokchilik darajasi hisobga olingan. Sud hukmiga asosan F.M.ning ukasi o‘n sakkiz yil olti oy, uch qaynukalari esa o‘n olti yil, o‘n besh yilu uch oy, o‘n uch yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring