Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda uksus ichib, joniga qasd qilgan kelin vafot etdi

Samarqandda uksus ichib, joniga qasd qilgan kelin vafot etdi

Foto: Xabar.uz

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahrining «Bog‘bonlar» mahallasida yashovchi kelin o‘z joniga qasd qilganligi haqida xabar e’lon qilingan.

Aniqlanishicha, 2022-yil 24-iyun kuni Samarqand shahri «Bog‘bonlar» mahallasi Yangravot ko‘chasida yashovchi 11.01.1993 yilda tug‘ilgan N.M. «uksus kislotasidan o‘tkir zaharlanish» tashxisi bilan RShTTYoM Samarqand filiali xirurgiya bo‘limiga yotqizilgan, deyiladi viloyat prokuraturasi ma’lumotida.

2022-yil 27-iyun kuni N.M.ga ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan jonlantirish bo‘limida vafot etgan.

Holat yuzasidan tezkor-tergov guruhi tomonidan hodisa joyi ko‘zdan kechirilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

Marhuma N.M.ning o‘limi sababini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari ustidan Bosh prokuratura tomonidan nazorat o‘rnatilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring