Samarqandda karantinda saqlangan 300ga yaqin kishi o‘z oilasiga qaytdi

Samarqand tumanidagi «Do‘stlik» oromgohida 14 kunlik karantindan so‘ng 292 nafar fuqaro tibbiy tekshiruvdan o‘tkazildi, maxsus apparatlar orqali laborator va boshqa diagnostik tahlillar olindi.
IIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tekshiruv va tahlillar natijalariga ko‘ra, ularda kasallik alomatlari topilmagan.
Ushbu fuqarolar endi uy sharoitida yana ma’lum muddat oila shifokori va patronaj hamshiralar nazoratida tibbiy kuzatuvda bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter