Samarqandda karantin tartiblari biroz yumshatilmoqda

Samarqand viloyatidagi «qizil» hududlarda ertalab 7:00 dan 10:00 gacha, kechasi 17:00 dan 20:00 gacha avtotransport, mototransport vositalari va velosipedlarga stikersiz harakatlanishga ruxsat beriladi.
Bu haqda Samarqand viloyat Epidemiyaga qarshi kurashish favqulodda komissiyasi yig‘ilishida ma’lum qilingan.
Mashina salonida ikki kishi bo‘lishi, ishga, kasalxonaga, dori vositalari va oziq-ovqat mahsulotlari xarid qilish asosiy maqsad bo‘lishi kerak.
«Maqsadsiz yurgan fuqarolarga choralar qat’iy bo‘ladi» deyiladi IIB izohida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter