Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda kadastr xodimi firibgarlik ustida qo‘lga tushdi

Samarqandda kadastr xodimi firibgarlik ustida qo‘lga tushdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Samarqand tumani bo‘limlari tomonidan firibgarlik jinoyati fosh qilindi.

Ma’lum qilinishicha, tezkor tadbirda Samarqand davlat o‘rmon xo‘jaligi o‘rmon kadastri vazifasida ishlovchi I.I. fuqaro F.S.ga ushbu o‘rmon xo‘jaligi tasarrufidagi 2 gektar yer maydonini auksion orqali olib berish evaziga 1 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring