Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda it onasi tomonidan tashlab ketilgan chaqaloq hayotini saqlab qoldi (video)

Samarqandda it onasi tomonidan tashlab ketilgan chaqaloq hayotini saqlab qoldi (video)

Foto:«Besthqwalpapers.com»

Samarqandda onasi tomonidan tashlab ketilgan chaqaloq xayotini it saqlab qoldi. Bu haqda «Zamon» ko‘rsatuvida xabar berildi. 

Unga ko‘ra, 6-fevral kuni 21 yoshli qiz farzandini dunyoga keltirib, uni daraxtzorga tashlab ketgan. Chaqaloqni esa it topib olgan va uni egasiga olib borib, hayotini saqlab qolgan. 

Itning ushbu harakati boshqalarni hayratda qoldirgan. Kuchukning egasi chaqaloqni zudlik bilan  shifokorga olib borgan. 

Natijada qizaloqning hayoti saqlab qolindi. U hozir shifokorlar nazoratida ekani ma’lum qilingan. 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring