Samarqandda «ishkal» chiqargan YHXB xodimiga xizmat tekshiruvi tayinlandi
Samarqandda qoidabuzar haydovchining telefonini tortib olishga uringan viloyati YHXB xodimiga xizmat tekshiruvi tayinlandi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati boshlig‘i ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, 2022 yilning 23 yanvar kuni Narpay tumani hududidan o‘tuvchi M-37 avtomobil yo‘lining 102-kilometrida xizmat vazifalarini olib borayotgan viloyat IIB YHXB 4-otryadi xodimlari yo‘l harakati qoidalarini buzib harakatlanib kelayotgan Nexiaga to‘xtash ishorasini bergan vaqtida, haydovchi xodimlarning qonuniy talabiga bo‘ysunmay, harakatlanib ketgan.
Shundan so‘ng, haydovchi I.N (2001 yilda tug‘ilgan) ushlanib, unga nisbatan qonunda belgilangan tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan va avtotransport vositasi vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan. Haydovchi inspektorni tasvirga olmoqchi bo‘lgan vaqtida xodim fuqaroning qo‘lidagi telefonini tortib olishga harakat qilgan.
Xodimning harakatiga huquqiy baho berish maqsadida xizmat tekshiruvi tayinlangan. Natijasi to‘g‘risida tekshiruv yakuniga ko‘ra xabar beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter