Samarqandda internetga noqonuniy ulanib, uni pullab kelgan shaxs aniqlandi

Oqdaryo tumanida telekommunikatsiya tarmog‘iga noqonuniy ulangan va litsenziyasiz internet xizmati ko‘rsatib kelgan shaxs fosh etildi.
«O‘zkomnazorat» inspeksiyasining Samarqand viloyati hududiy shu’basi, «Elektromagnit moslashuv markazi» DUK hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro S.F.S. o‘z uyida radiorele qurilmasi orqali 9 nafar fuqaroga pullik va bepul internet xizmatlari ko‘rsatib kelayotgani aniqlandi.
Tekshiruv natijasida ushbu faoliyat uchun hech qanday litsenziya, ruxsatnoma va shartnomalar mavjud emasligi ma’lum bo‘ldi. Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, S.F.S. hamda 9 nafar fuqaroga nisbatan «Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida»gi kodeksning 152-moddasi, 155²-moddasi va 165-moddalariga asosan chora ko‘rildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter