Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda hokimlik xodimi qo‘lga tushdi

Samarqandda hokimlik xodimi qo‘lga tushdi

Foto: Xabar.uz

Fuqaro I.S. DXX Samarqand viloyat boshqarmasiga ariza bilan murojaat qilib, unda Urgut tumani hokimligi Sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyati xodimi N.Sh. va uning sherigi N.I.lar Urgut tumani erkin iqtisodiy zonasi hududida mavjud zaxira yer maydonidan 1 gektar yer maydoni ajratib berishi evaziga undan 30 ming AQSh dollari miqdorida pullarni berishini talab qilib kelishayotganligini bildirib, ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini so‘ragan. 

Samarqand viloyat prokuraturasi tomonidan DXX viloyat boshqarmasi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda 20.01.2021 yilda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, N.Sh. Urgut tumani hokimligi ma’muriy binosi yonida o‘ziga tegishli «Lacetti» rusumli transport vositasida sherigi N.I. bilan I.S.dan oldindan kelishilgan 30 ming AQSh dollari miqdoridagi pullardan 15 ming AQSh dollarini olgan vaqtida tezkor tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hodisa joyini ko‘zdan kechirish davomida avtomashina «bardachogi»dan 10 ming AQSh dollari va N.I. cho‘ntagidan 5 ming AQSh dollari miqdorida pullar mavjudligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Departament Samarqand shahar bo‘limi tomonidan fuqaro N.Sh. va N.I.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 4-qismi «a» bandi va 28,211-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari viloyat prokuraturasi uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring