Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda buvisiga qarshi bosqinchi yollagan ayol qo‘lga olindi

Samarqandda buvisiga qarshi bosqinchi yollagan ayol qo‘lga olindi

2020-yil 28-sentyabr kuni Samarqand shahar Sattepo maskanida yashovchi, 25 yoshli B. ismli ayol, bosqinchilik, ya’ni o‘zganing mol-mulkini talon-toroj qilish maqsadida bosqinchi yollaydi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

U buvisi va tog‘asining yashash uyida 40.000 AQSh dollari va 6-7 turdagi, taxminiy bahosi 10.000 AQSh dollarlik tilla taqinchoqlar borligini, buvisi bilan o‘zining oilasi o‘rtasida kelishmovchilik borligi sababli, ushbu pullar va qimmatbaho buyumlarni qo‘lga kiritish orqali undan qasd olish maqsadida, o‘zining tanishi A. ga buvisining uyiga bosqinchilik uyushtirishni buyurtma qilib, pul va qimmatbaho boyliklarni olib chiqsa, ishni tugatganidan so‘ng unga jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan pullardan 10.000 AQSh dollari berishni va’da qilgan.

«Yollanma bosqinchi»ga uyni ichki tuzilishini chizib berib, o‘zi bilan birga buvisining manziliga olib borib, uzoqdan uyning kirish darvozasi va uyning tuzilishini tushuntirib berib, kelgusida sodir etish kerak bo‘lgan o‘ta og‘ir turdagi jinoiy rejani tuzib bergan.

Holat to‘g‘risida olingan tezkor ma’lumotga asosan, 2020-yil 3-oktyabr kuni DXX viloyat boshqarmasi va Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB JQB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilib, B. «yollanma bosqinchi» bilan takroriy uchrashgan vaqtida qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi  tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 164-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring