Samarqandda ayol o‘zini ko‘prikdan tashlayotganda to‘xtatib qolindi
Bugun, 14 iyul kuni soat 8:20 larda Ishtixon tumanida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan S.U. Samarqand shahridagi Siyob bozori yonidagi ko‘prikdan o‘zini pastga tashlamoqchi bo‘lganida, shu yerdan o‘tib ketayotgan fuqarolar tomonidan to‘xtatib qolingan.
Viloyat IIB axborot xizmati ma’lum qilishicha, dastlabki tekshiruvlar uning ushbu holatni sodir etishiga oilasidagi nosog‘lom muhit sabab bo‘lganligini ko‘rsatmoqda.
Hozirda holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Samarqandda yosh qiz o‘zini Zarafshon daryosiga tashlamoqchi bo‘lgandi.
Shuningdek, Toyloq tumanida osilgan holda topilgan ayolning eriga Jinoyat kodeksining 103-moddasi (O‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani xabar qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter