Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda 64 yoshli kranchi kran qulashi natijasida vafot etdi

Samarqandda 64 yoshli kranchi kran qulashi natijasida vafot etdi

Foto: «Xabar.uz»

Samarqand shahrida 64 yoshli kranchi baxtsiz hodisa tufayli vafot etdi, deya xabar bermoqda samarqandlik jurnalist Farhod Norbo‘tayev.

Voqea joriy yilning 3-oktyabr kuni soat taxminan 11:00larda Samarqand shahar, Beruniy ko‘chasidagi 117-uyda “Bog‘ishamol City” MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan qurilish ishlari jarayonida sodir bo‘lgan.

Kranning qulashi natijasida 1958-yilda tug‘ilgan R.A. kabinadan tushib ketib, hodisa sodir bo‘lgan joyda vafot etgan.

Ayni paytda holat yuzasidan huquq-tartibot idoralari tomonidan tekshiruv olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring