Samarqandda 64 nafar harbiy xizmatchining farzandi OTMga kirish tavsiyanomalarini oldi
Markaziy harbiy okrug qo‘shinlarida harbiy xizmatchilarning farzandlariga kvota asosida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanomalarni topshirishga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.
Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tadbirda Samarqand (27 nafarga), Jizzax (15 nafarga) hamda Navoiy (22 nafarga) viloyatlarida haqiqiy harbiy xizmatni o‘tayotgan, jangovar xizmatda va ilmiy faoliyatda muayyan natijalarga erishgan ofitser, serjant va oddiy askarlarning farzandlariga okrug hisobida jami 64 ta imtiyozli tavsiyanomalar berildi.
Shuningdek, mazkur tadbir Sharqiy harbiy okrugida ham o‘tkazildi.
Ta’kidlash kerakki, oliy ta’lim muassasasiga kirishga 5 foizga kvotalarni taqdim etuvchi bu kabi tavsiyanomalar Toshkent harbiy okrugida, Sharqiy harbiy okrugi hamda Toifalangan obektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligidan ham topshirilgan edi.
2019 yilda Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilarning jami 930 nafar farzandiga tavsiyanomalar topshirildi. Shuningdek, xizmat vazifasini o‘tash vaqtida halok bo‘lgan hamda jarohat olgan harbiy xizmatchilarning 72 nafar oila a’zosi hech qanday imtihonsiz oliy ta’lim muassasasiga qabul qilinadigan bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter