Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda chuqurga tushib ketgan 52 yoshli ayol qutqarildi

Samarqandda chuqurga tushib ketgan 52 yoshli ayol qutqarildi

Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Samarqand  shahrining Gurgli ko‘chasida joylashgan uylarning birida 52 yoshli ayol 4 metrli chuqurga tushib ketdi.

FVVga ko‘ra, bir kun oldin uy egasi 4 metrli chuqur qazgan, ammo bu chuqurning og‘zini yopish choralarini ko‘rmagan. Shu orada bog‘ tomon yo‘l olgan 52 yoshli N.T. ismli uy bekasi chuqurni ko‘rmay qolib, unga tushib ketgan.

Hodisaga guvoh bo‘lgan fuqarolar zudlik bilan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining qutqaruv guruhiga qo‘ng‘iroq qilishgan. 

Uy bekasining voqea sababli qo‘rqib ketganligini hisobga olmaganda, u jiddiy jarohat olmagan va shu sababli tez tibbiy yordam xizmatiga murojaat qilinmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring