Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda 42 ta tashkilot shahar tashqarisiga ko‘chiriladi

Samarqandda 42 ta tashkilot shahar tashqarisiga ko‘chiriladi

Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov millionli shahar loyihasi asosida amalga oshiriladigan ishlar haqida ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, viloyat ma’muriy markazini Gulobod qo‘rg‘oniga ko‘chirish va boshqa tadbirlar ko‘zlangan bosh reja hamda batafsil rejalashtirish loyihasi ishlab chiqilmoqda.

Samarqand shahrida 178 ta davlat tashkiloti joylashgan. Shaharni «millionli shahar»ga aylantirishda shaharsozlikning «aqlli shahar» konsepsiyasi asosida tashkil etish, zamonaviy IT-parklarda tizimlashgan texnologik jarayonlarni amalga oshirish, «ekologik toza shahar»ga aylantirish va «xavfsiz shahar» integratsiyalangan tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Buning uchun dastlab 42 ta davlat tashkiloti shahar atrofiga ko‘chirilishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, 6 ta aholi turar maskanlariga tutash joylarda kichik sanoat zonalari va ishlab chiqarish ob’yektlari barpo etish ham ayni shu maqsadga qaratilgan.

Loyiha doirasida 7 ta markaziy chorrahalarda muayyan vaqtlarda yuzaga keladigan tirbandliklarning oldini olish uchun yo‘l o‘tkazgichlar barpo etish taklifi ishlab chiqilyapti.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring