Samarqandda 300 million so‘mga yer sotmoqchi bo‘lgan fermer qo‘lga olindi
Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga 1983 yilda tug‘ilgan Z.A. ariza bilan murojaat qilib, Bulung‘ur tumanida yashovchi, fermer xo‘jaligida rais bo‘lib ishlovchi M. ismli shaxs, o‘zining fermer xo‘jaligiga qarashli yer maydonidan fuqaro Z.A.ga baliqchilik bilan shug‘ullanishi uchun 20 gektar yer maydonini 300.000.000 so‘mga sotishga kelishib, oldindan 50.000.000 so‘m miqdordagi pullarni talab qilganligini ma’lum qilib, M. ismli shaxsga nisbatan chora ko‘rishni so‘ragan.
Mazkur arizaga asosan, Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jinoyat qidiruv boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan Bulung‘ur tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 1960 yilda tug‘ilgan M.A. xizmat mavqeidan foydalanib ariza muallifi Z.A. dan 300.000.000 so‘mdan 50.000.000 so‘m miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan Bulung‘ur tuman Ichki ishlar bo‘limi huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan M.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Manba: iiv.uz
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter