Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda 2300 yillik harbiy istehkom topildi

Samarqandda 2300 yillik harbiy istehkom topildi

Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanidan miloddan avvalgi II-III asrga tegishli harbiy istehkom topildi.

Tuman hokimligi bergan ma’lumotga ko‘ra, tumanning Do‘stlik mahallasi hududida joylashgan «Qo‘y tepa» tepaligi o‘rnidan miloddan avvalgi III-II asrga tegishli harbiy istehkom topilgan.

Ayni paytda ushbu joyda italiyalik hamda samarqandlik arxeolog olimlar ilmiy ekspeditsiya olib bormoqda. Ilmiy qidiruv jarayonida olimlar hududdan qala devorlari, katta ko‘za, kosa, kichik xaykalcha, muxr kabi noyob topilmalar topishgan. Olimlarning ta’kidlashicha, ushbu tarixiy ob’yekt tashqi dushmanlardan himoyalanuvchi harbiy istehkom bo‘lgan.

Tuman hokimligi mutasaddilari ham qazilma ishlari olib borilayotgan hududda bo‘lib, olimlarga ilmiy qidiruv jarayonida zarur bo‘lgan moddiy-ma’naviy ko‘mak berishga tayyorligini bildirgan. Jumladan, hokimlik tepalikni tashqi ta’sir, jumladan, yomg‘ir, qorlardan himoya qilish uchun tarixiy ob’yekt ustiga temir panjara o‘rnatib, ustini to‘liq yopib berishni o‘z zimmasiga olgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring