Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda 2 nafar hamshirani kaltaklagan ayolga sud hukmi o‘qildi

Samarqandda 2 nafar hamshirani kaltaklagan ayolga sud hukmi o‘qildi

Ijtimoiy tarmoqlarda tibbiyot birlashmasida tibbiyot xodimlari o‘rtasidagi o‘zaro janjal aks etgan video tarqaldi.

Aniqlanishicha, Mazkur holat Samarqand viloyati Payariq tumandagi tibbiyot birlashmasida sodir bo‘lgan. O‘zaro janjal natijasida ikki nafar hamshira ayolga jiddiy jarohat yetgan.

Bu janjal ortidan bir ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi. Mazkur jinoyat ishi yuzasidan tibbiyot birlashmasida sayyor sud majlisi bo‘lib o‘tdi.

Jabrlanuvchi ikki ayol sudlanuvchi ayolni jarrohlik bo‘limiga oilaviy o‘rnashib olganini aytib, boshqa bo‘limga o‘tkazilishi, shuningdek, unga qonuniy jazo berilishi kerakligini aytdi.

Sud hukmiga ko‘ra, ayol JKning 109-moddasi 2-qismi bilan aybli deb topilib, unga 1 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring