Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda 19 nafar hokim yordamchisi jinoiy javobgarlikka tortildi

Samarqandda 19 nafar hokim yordamchisi jinoiy javobgarlikka tortildi

Samarqandda 19 nafar hokim yordamchisi jinoiy javobgarlikka tortilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida aytilgan.

Kengash a’zolari, viloyatdagi boshqarma va idoralar, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari ishtirok etgan yig‘ilishda viloyat kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi hamda uning tasarrufidagi tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi ishlar va bu boradagi qonunchilik ijrosini o‘rganish yakunlari tahlil etildi.

Qayd etilishicha, 2026-yil yakuniga qadar mamlakatda, shu jumladan, Samarqand viloyatida kambag‘allikni ikki barobarga kamaytirish rejalashtirilib, yangi ish o‘rinlari yaratish va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish borasida faol siyosat olib borilmoqda.  Tegishli dasturlar doirasida bandlik organlari va hokim yordamchilari tavsiyasiga asosan viloyatdagi bank muassasalari tomonidan 2023 - 2024-yillar va joriy yilning 4 oyida 98 ming fuqaroga 1 trillion 803 milliard so‘m kreditlar ajratilgan, 12,1 ming nafar yurtdoshimizga 63 milliard so‘mlik subsidiyalar berilgan va 207 ming nafari kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitilgan.

Biroq sohada manfaatlar to‘qnashuviga oid hamda korrupsiyaga moyil bo‘lgan munosabatlar saqlanib qolmoqda. Xususan, joriy yilning birinchi choragida 3300 dan ortiq holatda hisobotlarga qo‘shib yozilishi aniqlangan va buning natijasida 80 dan ortiq hokim yordamchisi va boshqa mas’ullarga nisbatan intizomiy, ma’muriy va jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi (19 nafar hokim yordamchisi jinoiy javobgarlikka tortildi). 3 milliard so‘mlik subsidiya, nafaqa va kredit mablag‘lari talon-toroj qilingan.

Hokim yordamchilari tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning salmoqli qismi Samarqand shahri, Urgut, Ishtixon va Oqdaryo tumanlari hisobiga to‘g‘ri kelsada, mahalliy hokimlik idoralari yoki bandlik organlari tomonidan xizmat tekshiruvlari o‘tkazilmagan.

Bandlik organlarining “Yagona milliy mehnat tizimi” elektron platformasi orqali amalda ish bilan band bo‘lgan yoki o‘zini-o‘zi band qilgan 155 nafar fuqaro uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 barovarigacha miqdorda subsidiyalar berilgan. Bunday holatlarga asosan Kattaqo‘rg‘on shahri, Kattaqo‘rg‘on, Nurobod, Narpay, Jomboy, Oqdaryo, Bulung‘ur Samarqand va Payariq tumanlarida yo‘l qo‘yilgan.  

2023 - 2024-yillarda budjet mablag‘lari hisobidan ta’minotchi korxonalardan sotib olingan 63 milliard so‘mlik asbob-uskunalar joylarga olib borilib, hokim yordamchilari ishtirokida ishsiz fuqarolarga topshirilgan va tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan. Ammo ijtimoiy reyestrdagi fuqarolarga yordam tariqasida subsidiyalar berish yo‘nalishida ham suiiste’mollikka yo‘l qo‘yilayotganligi kuzatilmoqda.  

“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonunda davlat muassasalari  xodimlariga  manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq, ayniqsa, ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holatlarda cheklovlar o‘rnatilgan. Ammo bandlik organlarining 12 nafar xodimi va 25 nafar hokim yordamchisi tadbirkorlik sub’yekti tashkil qilib, boshqarib kelgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring