Samarqandda 18 yoshli qizning jasadi topildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumani hududidan o‘tuvchi kanalda yosh qizning jasadi topilganligi haqida video tarqaldi. «Bu kun» informatsion dasturida berilgan lavhada ushbu qiz bir oy oldin zo‘rlanganligi haqida ariza yozgani aytiladi.
Bosh prokuraturaning aniqlik kiritishicha, 2022-yil 1-oktyabr kuni Pastdarg‘om tumani «Kamolot» mahallasi hududida joylashgan Yerteshar suv taqsimlash kanalida Samarqand shahrida yashagan 18 yoshli Yu.M. (ayol)ning murdasi topilgan.
Mazkur o‘lim sababini va boshqa holatlarni aniqlash maqsadida sud-tibbiyot ekspertizasi hamda tegishli xizmat tekshiruvlari tayinlangan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan Pastdarg‘om tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tekshirish mobaynida videoxabarda ko‘rsatilgan boshqa holatlar ham o‘rganilib, huquqiy baho berilishi ta’minlanadi, deyiladi prokuratura xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter