Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda soliq inspektori qo‘lga olindi

Samarqandda soliq inspektori qo‘lga olindi

Foto: Samarqand viloyati IIB

Pastdarg‘omda 13.000 AQSh dollari evaziga fuqaroga yer olib bermoqchi bo‘lgan mansabdor va fermer qo‘lga olindi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 2021 yil 17 may kuni Pastdarg‘om tumani Davlat soliq inspektori lavozimida ishlovchi B.J. va fermer ho‘jaligi raisi hisoblangan X.B. «Pavloniya» ko‘chatini ekish niyatida yurgan fuqaroga Pastdarg‘om tumanidan 15 gektar yer maydonini 13.000 AQSh dollari evaziga rasmiylashtirib berishini va’da qilib, undan so‘ralgan pullarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritayotgan vaqtida Samarqand viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi, DXX ning viloyat boshqarmasi hamda viloyat prokuraturasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring