Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqand viloyatida 4 balli zilzila kuzatildi

Samarqand viloyatida 4 balli zilzila kuzatildi

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi hududida mahalliy vaqt bilan 15.11.2022 18:58 da (15.11.2022-yil, Grinvich bo‘yicha 13:58 da) zilzila sodir bo‘ldi.

Epitsentr: Samarqand viloyatining Paxtachi tumani. Zilzila koordinatalari: 39,81 daraja shimoliy kenglik; 65,56 daraja sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,6. Chuqurlik 15 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 349 km janubi-g‘arbda.

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

Paxtachi tumanida 4 ball, 8 km.
Karmana tumanida 3 ball, 35 km.
Navoiy shahrida 3 ball, 36 km.
Narpay tumanida 3 ball, 38 km.
Nurobod tumanida 2-3 ball, 42 km.
Navbahor tumanida 2-3 ball, 50 km.
Xatirchi tumanida 2-3 ball, 53 km.
Qiziltepa tumanida 2 ball, 55 km.
Muborak tumanida 2 ball, 63 km.
Kattaqo‘rg‘on tumanida 2 ball, 65 km.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring