Samarqand viloyatida 11 mln so‘mlik sigirni o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga tushdi
Qo‘shrabot tumani «Sarig‘ul» mahallasida yashovchi K. IIBga ariza bilan murojaat qildi. Unga ko‘ra 2020-yil 28-oktyabr kuni noma’lum shaxs yashash uyi tomorqasida bog‘lab qo‘yilgan, bozor bahosi 11 mln so‘mlik bir bosh sigirini o‘g‘irlab ketganligini bildirib, ushbu noma’lum shaxsni aniqlab, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati xabariga ko‘ra, tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni shu mahallada yashovchi, 32 yoshli M. sodir etganligi aniqlandi. Undan ashyoviy dalillar tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.
Holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter