Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqand va Namangandagi majburiy mehnat holati o‘rganilyapti — XTV

Samarqand va Namangandagi majburiy mehnat holati o‘rganilyapti — XTV

Xalq ta’limi vazirligi Samarqand va Namangan viloyatlarida maktab o‘qituvchilari majburiy mehnatga jalb etilgani haqidagi xabarlarni o‘rganmoqda va qonunchilik doirasida bu holatga yo‘l qo‘yganlarga chora ko‘radi.

Xabarlarga ko‘ra, Samarqand viloyati Okdaryo tumanida jazirama bo‘lishiga qaramay, 38-maktab o‘qituvchilari majburiy mehnatga jalb qilingan. Direktor ishlamaganlarni dars soatini kamaytirish bilan qo‘rqitgan.

Vazirlik Toshkent shahridagi 218-maktab o‘qituvchilari majburiy mehnatga jalb etilgani haqidagi xabarni ham o‘rganayotganini aytgandi, lekin o‘rganish natijalari haligacha e’lon qilinmadi.

O‘shanda 218-maktabda o‘qituvchilar 29-iyul kuni ertalabdan o‘t yuldirishga majburlangan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring