Samarqand va Namangan shaharlarini alohida ma’muriy-hududiy birlik qilish taklif etildi
Prezident murojaatnomada yana bir muhim tashabbusni ilgari surdi.
Hozirga kelib Markaziy Osiyoda aholisi milliondan ortiq shaharlar 7 taga yetdi. Mintaqamizda poytaxtlar bilan bir qatorda, boshqa yirik shaharlar ham «o‘sish nuqtalari»ga aylanmoqda.
Bular orasida Samarqand va Namangan shaharlari ham bor. Ularning har birida aholi soni bir millionga yetmoqda.
Samarqand shahri dunyo taniydigan megapolisga, xalqaro turizm va biznes markaziga aylandi. Namangan ham sanoat, tadbirkorlik, ta’lim, madaniyat sohalarida mintaqaviy markaz sifatida o‘z o‘rnini topmoqda.
Shu bois, Samarqand va Namangan shaharlarini alohida ma’muriy-hududiy birliklar sifatida respublika bo‘ysunuviga o‘tkazish taklif qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter