Samarqand va Buxoroning menejment rejasini ishlab chiqish uchun xorijdan mutaxassislar keladi
Samarqand va Buxoroning menejment rejasini ishlab chiqish uchun xorijdan mutaxassislar keladi. Bu haqda Madaniyat vaziri o‘rinbosari Kamola Akilova xabar berib o‘tdi.
— Shaharning ikki rejasi bo‘ladi, bosh reja va menejment reja. Menejment reja — shaharning tarixiy qismini boshqarish bo‘yicha bo‘ladi.
Har bir shaharning o‘ziga yarasha xususiyatlari bo‘ladi. Aytaylik, Xiva boshqacha, Samarqand va Buxoro boshqacha. Biz mana shu o‘zgachalikni saqlab qolish lozim.
Bizga arxitektor-restavrator, injener-restavrator kabi ob’yekt konstruksiyasini tushunadigan mutaxassislar kerak.
Yaqinda qurilish vazirligidagi shaxslardan biriga ma’lum bir tarixiy ob’yektni konservatsiya qilish haqida gapirdim. Ammo gapim unga yoqmadi. «Mehmonlar keladigan joy yarqirab turishi kerak, yaxshisi bo‘yab, chiroyli qilib qo‘yaylik», — deya javob berdi.
Bizda tarixiy ob’yektni tushunadigan odam juda kam. Buning uchun avvalo tarixni bilish kerak. Tarixiy ob’yektlar restavratsiyasi yollanib ishlaydigan mardikorlar qo‘liga qolib ketgan. Buning uchun tizim bo‘lishi kerak, — deydi Kamola Akilova.
Madaniyat vazirligi matbuot xizmati rahbari Mavluda Asqarxo‘jayeva tomonidan ta’kidlanishicha, tarixiy binolar bilan birga unga yaqin joyda joylashgan mahallalarga ham tarixiy ob’yekt maqomi berilishi ko‘zda tutilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter