Prokuror o‘rinbosari hokim bo‘ldi

Samarqand tumani hokimligida o‘tkazilayotgan xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rildi.
Sessiyada deputatlar tomonidan Usmanov Sirojiddin Xayrulayevich nomzodi Samarqand tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Sirojiddin Xayrullayevich Usmanov 1979-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Mazkur tayinlovga qadar Samarqand viloyati prokurorining o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.
Avvalroq Nurabod tumaniga hokim tayinlangani xabar qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter