Samarqand shahridagi Prezident maktabida qonun buzilishi aniqlandi
Samarqand shahridagi Prezident maktabi davlat buyurtmachiligi asosida 311,8 mln so‘mlik maktab formalarini xarid qilishda qonun buzilishiga yo‘l qo‘ygan. Bu haqda Aksilkorrupsiya agentligi ma’lum qildi.
Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i kengesi tomonidan 912,4 mln so‘mlik yozgi majlislar uchun charm tomli shiypon qurish;
Zafarobod tuman bolalar va o‘smirlar sport maktabi buyurtmachiligida 286 mln so‘mlik sport inventarlari xarid qilish;
Qiziltepa tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan 300 mln so‘mlik transportda yuk tashish xizmati ko‘rsatish yuzasidan o‘tkazilgan davlat xaridlarida qonunchilikka zid holatlar aniqlangan.
Ushbu holatlar yuzasidan Agentlik buyurtmachilarga taqdimnomalar kiritgan va xarid komissiyalarining bayonnomalari bekor qilingan.
To‘plangan hujjatlar Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga yuborilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter