Erkinjon Turdimov yana senator bo‘ldi
Bugun Samarqandda xalq deputatlari Samarqand viloyati, tuman va shahar Kengashlari deputatlarining bo‘shab qolgan o‘rniga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosi saylovi bo‘yicha qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «O‘zA» xabar berdi.
Qo‘shma majlisni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisi M.Abdusalomov ochib bergan.
Mazkur majlisda yashirin ovoz berish yo‘li bilan 7-Istiqlol saylov okrugidan Samarqand viloyati Kengashi deputati, Samarqand viloyati hokimi Turdimov Erkinjon Oqbo‘tayevich Oliy Majlis Senati a’zosi etib saylandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Erkinjon Turdimovning xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashi deputati vakolati tugatilganligi sababli senatorlikdan ketgandi.
Shuningdek, yaqinda Turdimov Prezident Shavkat Mirziyoyevning tavsiyasi bilan Samarqand viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlangan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter