Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Salqin havo chekindi» — O‘zgidromet

«Salqin havo chekindi» — O‘zgidromet

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston bo‘yicha 18-20 avgust kunlariga ob-havo prognozi e’lon qilindi.

Ushbu haftaning eng boshida O‘zbekiston hududiga Ural hududlaridan salqin havo massasi kirib keldi, buning natijasida respublikaning barcha hududlarida havo harorati pasaydi. Kunduzgi harorat 27-30 darajagacha pasaydi va hatto eng cheka janubda ham 32-34 darajadan yuqori bo‘lmadi.

Hafta o‘rtasidan boshlab salqin havo mamlakatimiz hududidan chekina boshladi va havo harorati asta-sekin ko‘tarildi. Kecha kunduz kuni havo 33-35 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 36-37 daragacha isidi. Kechasi va ertalab iliqroq bo‘ldi.

Dam olish kunlari ham O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va kam bulutli ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati yana 1-2 darajaga ko‘tariladi va kechalari 18-20 daraja, kunduz kunlari 35-37 daraja atrofida, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 38-39 darajagacha bo‘ladi.

Bunday harorat avgust oyi o‘rtasi uchun bo‘lgan me’yoriy qiymatlarga yaqin va eng issiq yillarda avgust oyida O‘zbekiston hududi bo‘yicha kuzatilgan haroratdan nisbatan pastdir.

20 avgust kuni shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

Poytaxtimizda: 18-20 avgust kunlari havo kam bulutli bo‘ladi. Dam olish kunlari harorat 34-37 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan birozdan o‘rtachagacha esadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring