Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saloh qoidani buzganmidi? «Liverpul» videoni politsiyaga jo‘natdi

Saloh qoidani buzganmidi? «Liverpul» videoni politsiyaga jo‘natdi

Foto: «Vesti.ru»

Angliya politsiyasi «Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh mashina boshqarayotib telefonda gaplashgani tasvirlangan video yuzasidan «Twitter»dagi rasmiy sahifasi orqali ma’lum qildi. Bu haqda «Sport 24» xabar bergan.

«Liverpul» matbuot xizmati bu masalada dastlab Salohning o‘zi bilan gaplashib olingani, so‘ng politsiyaga xabar berilganini tasdiqlagan. Bundan keyingi barcha masalalar klubning ichki ishi sifatida qaraladi.

Mersisayd politsiyasining «Twitter»dagi rasmiy sahifasida bu voqea o‘rganilishi ma’lum qilingan.

«Bizga videorolik haqida xabar berishdi, unda mashina haydayotgan fubolchi mobil telefonda gaplashgani ehtimolda tutilgan. Video tegishli idoraga topshirildi. Axborotingiz uchun rahmat», — deyiladi politsiya xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring