Sakkiz hududda koronavirus yuqtirganlar aniqlandi. Ikki kishi vafot etdi

2020-yil 6-oktyabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 59 197 (+119) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
60 nafari Toshkent shahrida,
15 nafari Jizzax viloyatida,
13 nafari Andijon viloyatida,
10 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
6 nafari Surxondaryo viloyatida,
5 nafardan Qashqadaryo, Navoiy va Farg‘ona viloyatlarida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Ayni paytda yurtimizda 55 751 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatimizda 2 959 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter