Saida Mirziyoyeva Xitoy vaziri bilan uchrashdi
Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva 28 oktyabr kuni Xitoy madaniyat va turizm vaziri Xu Xepin boshchiligidagi XXR delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda u telegramdagi kanalida ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, muloqot davomida O‘zbekiston—Xitoy munosabatlarini madaniy-gumanitar va turizm sohalarida yanada chuqurlashtirish masalalari yuzasidan fikr almashilgan.
«Xususan, O‘zbekiston va Xitoyda turli madaniy tadbirlarni tashkil etish, shuningdek, qadimiy madaniy meros obidalarini asrab-avaylash bo‘yicha rejalashtirilgan qo‘shma loyihalarning amalga oshirilishini atroflicha muhokama qildik», — deb yozadi Mirziyoyeva.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter