Saida Mirziyoyeva unga nima kuch bag‘ishlashini aytdi
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva «Facebook»dagi sahifasida unga nima kuch bag‘ishlashini aytdi.
«Yillar shu darajada shiddat bilan o‘tib ketayaptiki, ushbu suratga ham mana 6 yil bo‘libdi. Charchagan chog‘imda yoki biron bir masala yechimida qiyinchiliklarga duch kelganimda turmush o‘rtog‘imning mustahkam yelkasi hamda farzandlarimning qaynoq mehri menga yanada kuch bag‘ishlaydi.
Bizning har bir qarorimiz oilalarimiz farovonligi, farzandlarimiz baxti va quvonchiga sabab bo‘lishi kerak. Aslida insondan o‘zi shu qolar ekan. Yillar shiddat bilan o‘tib ketmoqda...» — deydi Saida Mirziyoyeva.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter